
Varshavada o‘tayotgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etgan Nodirbek Abdusattorov partiyadan keyin qisqa intervyu berdi.
“Menga biroz omad kulib boqdi. Chunki u shunchaki durang holatiga ham tushib qolishi mumkin edi. Umuman olganda o‘yin vaqtining katta qismi anchagina teng kurash ostida o‘tdi”, – dedi o‘zbekistolik 17 yoshli shaxmatchi.
Nodirbek jahon chempionini har kuni ham yutavermasligi va g‘alabadan keyin o‘zini qanday his qilayotgani haqidagi savolga ham bosiqlik bilan javob berdi: “Musobaqa hali tugagani yo‘q. Men keyingi partiyalarga diqqat qaratyapman”.
Jurnalist uning Magnus Karlsenga qarshi dona surishidan oldin qanday uxlagani bilan qiziqdi. “Yaxshi uxladim. To‘g‘ri, biroz ertaroq uyg‘ondim”, – deya javob berdi grossmeyster.
28 dekabr kuni Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik raqibini 10-turda mag‘lub etgan bo‘lsa, 11-turda rossiyalik Vladimir Fedoseyev bilan durang qayd etdi.
Finishga ikki tur qolganda turnir jadvali yetakchilari – Nodirbek va Yan Nepomnyashiy hisobida 8,5 ochkodan bor.
Nodirbekning navbatdagi raqibi – 15 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar