
“Navbahor” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Krilya Sovetov” hujumchisi Ivan Sergeyevning “Zenit”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Tez orada Sergeyev o‘zini qanday ko‘rsata olishiga guvoh bo‘lamiz. Uning “Zenit”ga o‘tishi e’tiborga molik voqea. Tushunishimcha, u “Zenit”da Artyom Dzyubaning o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.
Eng asosiysi, Sergeyev o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyon eta olishidir. “Zenit”ga gap yo‘q. Ular o‘zlari istagan har qanday futbolchini istalgan vaqtda o‘z safiga qo‘shib olishga qodir. Ular boshqa klublar kabi arzon o‘yinchi qidirmaydi. Hujumchi masalasida ularda muammo bo‘lmaydi, - dedi Kanchelskis.
Premer-ligada dastlabki mavsumini o‘tkazayotgan Ivan Sergeyev “Krilya Sovetov” tarkibida 18 ta uchrashuvda oltita gol urdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar