20:03 / 03.01.2022
1 133

Konte Harri Keyn va Romel Lukaku rokirovkasini barbod qildi

Konte Harri Keyn va Romel Lukaku rokirovkasini barbod qildi
“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku hozirgi sharoitidan norozi ekanini aytganidan keyin uning “Inter”dagi murabbiyi Antonio Konte boshqarayotgan “Tottenxem”ga o‘tishi, hujumchi borasida muammoga duch kelgan “aristokratlar” uning o‘rniga Harri Keynni olishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘payib ketdi.

Britaniyalik jurnalistlar bu borada “Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Kontening fikrini so‘radi.

- Men bu ajoyib hujumchiga bog‘lanib qolganim rost. Unda zo‘r hujumchi uchun kerakli barcha sifatlar mujassam. Lekin u “Chelsi” o‘yinchisi, bundan ortiq biror nima deyishni istamayman, - dedi italiyalik murabbiy.

Ta’kidlash joizki, Antonio Konte boshqargan “Inter” uzoq tanaffusdan so‘ng o‘tgan mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Romelu Lukaku chempion jamoaning asosiy gollariga mualliflik qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konte Harri Keyn va Romel Lukaku rokirovkasini barbod qildi