Yegor Krimets "Navbahor"da

Yegor Krimets "Navbahor"da
Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" yangi mavsumga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Namanganliklar tarkibni kuchaytirish ishlarini ham jadal olib bormoqdalar.

"Championat.asia" sayti insayderlaridan biri Yegor Krimets "Navbahor"ga o‘tayotganini ma’lum qildi. Babayan sobiq shogirdini yana o‘z oldiga chorlamoqda.Ma’lumo t uchun, Krimetsning "Paxtakor" bilan shartnomasi yakuniga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsum "Paxtakor" safida Superligada bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushgan. Ana shu 5 bellashuvda u bitta golli pas bergan, ikkita sariq va bitta qizil kartochka olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar