
“Yuventus” murabbiylar shtabi a’zosi Marko Landuchchi “Roma” ustidan qozonilgan irodali (4:3) g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
U diskvalifikatsiya tufayli o‘yinda qatnasha olmagan Massimiliano Allegrining vazifasini bajardi.
“Xarakter ko‘rsatdik. Bugun umrimning 5-6 yilini yo‘qotdim. O‘yin boshini yomon o‘tkazdik, harakatlarimizda ishonchsizlik bor edi. Rejamiz hujumda tajovuzkor o‘ynash edi, ammo standartlardan gollar o‘tkazib yubordik. Keyin esa 2-taymda o‘zgarishlar qildik va raqib to‘pga egalik qilganda qiyinchiliklar bartaraf etildi. Rimliklarning ikkinchi goli yuzaga kelgan epizodda yana raqibga to‘pni sovg‘a qilganimizdan xursand emasman. Bu tez-tez yuz bermoqda, buni tasodifga yo‘yib bo‘lmaydi”, deydi Allegrining assistenti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar