1 177
Murodjon Ahmadaliyevning jangi uchun promouterlik savdosi muddatidan avval o‘tkaziladigan bo‘ldi
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon «Kaka» Ahmadaliyevning (10-0, 7 KO) navbatdagi raqibi mazkur toifada majburiy da’vogar filippinlik Marlon Tapales (35-3, 18 KO) bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
IBF har ikki tomon vakillariga jangni tashkil qilish borasida o‘zaro kelishuvga erishish uchun 2 fevralga qadar muhlat berilgandi. Ammo Tapalesning promouterlik kompaniyasi MP Promotions kimoshdi savdosini muddatidan avval o‘tkazishni so‘ragan. Ushbu murojaat IBF’ni qoniqtirdi va Ahmadaliyev—Tapales jangini tashkil etish huquqini qo‘lga kiritish uchun bo‘lib o‘tadigan promouterlik savdosi 18 yanvar kuni Nyu Jersida shtatidagi tashkilot bosh qarorgohida o‘tkazilishi tasdiqlandi.
IBF qoidalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lishni xohlagan tomon kamida 25 ming dollar pul taklif qilishi lozim. Shartga ko‘ra, amaldagi chempion Ahmadaliyev jamoasi gonorarning 65 foiziga, Tapales esa 35 foiziga ega chiqadi.
Tapales so‘nggi jangini 2021 yil 11 dekabrida yaponiyalik Hiroaki Teshigavaraga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Bu orqali filippinlik bokschi IBF kamari uchun majburiy da’vogarga aylangan. Avvalroq u Ahmadaliyevning sobiq raqibi Ryosuke Ivasaga imkoniyatni boy bergandi.
Ahmadaliyev esa so‘nggi jangini 2021 yilning 19 noyabrida Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Qayd etish kerak IBF qo‘ygan shartga ko‘ra, hech bir bokschi jang bo‘lib o‘tadigan sanaga qadar boshqa jang uchun shartnoma tuzishi taqiqlanadi. Bu o‘z navbatida Ahmadaliyevning barcha kamarlarni birlashtirish istagini ortga suradi. Shu tariqa Murodjon va WBC hamda WBO kamarlari egasi Stiven Fulton (20-0, 8 KO) o‘rtasidagi jang yaqin orada o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, 2022 yilda Fultonni ham majburiy himoya jangi kutib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi