14:35 / 12.01.2022
1 036

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi va futbolchisida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi va futbolchisida koronavirus aniqlandi
Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi futbol olamiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham Covid-19 bilan bog‘liq vaziyat chetlab o‘tmadi.

Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes Dubaydagi yig‘inga Sloveniyadan yetib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o‘z yurtida karantin o‘tashga majbur bo‘ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o‘z sog‘lig‘ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanetsning yordamchi murabbiylari yig‘inning boshlang‘ich qismida terma jamoani boshqarib turadi.

Shuningdek, jamoamiz Dubay shahriga yetib borgach, delegatsiyaning barcha a’zolari PTSR test topshirgan. Testlar natijasiga ko‘ra, Hojimat Erkinovda musbat javob qayd etilgan. Shu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o‘tashni boshladi. Karantin muddati yakuniga yetgach, futbolchimiz qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg‘ulotlari reja qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi va futbolchisida koronavirus aniqlandi