O‘tgan yili yozgi transfer oynasi ochilgan paytda “Nasaf”ga taklif qilingan serbiyalik hujumchi Andriya Kaluderovich mavsum oxirida shartnomasi tugagani sababli klubni tark etgandi.
U Superligada 14 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Kubok doirasida esa 3 ta o‘yin va 3 ta gol. Qolaversa, OFK Kubogida ham Kaluderovichning muhim gollarini eslaymiz.
Bu yil 35 yoshni qarshilaydigan legioner qayerda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. “Nasaf”dan ketganidan keyin Sports.uz saytiga keyingi faoliyatini Serbiyada davom ettirmoqchiligini aytgandi. Uning bu gapi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Futbolchi mahalliy “Proleter” klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda Andriya o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi. Ammo bu Kaluderovich uchun yangi emas, balki eski jamoa. Negaki, “Nasaf”ga kelishdan avval ushbu klubda to‘p surgan. Shu tariqa, “jahongashta” legioner yana bir bor jamoasini o‘zgartirdi.
U shu paytgacha qaysi klublar sharafini himoya qilganini bilasizmi? OFK (Serbiya), “Negosh” (Chernogoriya), “Machva” (Chernogoriya), “Xayduk” (Xorvatiya), “Spartak” (Serbiya), “Radnichki” (Serbiya), “Rad” (Serbiya), “Srvena Zvezda” (Serbiya), “Beyjing Goan” (Xitoy), “Rasing” (Ispaniya), “Voyvodina” (Serbiya), “AYEL” (Kipr), “Tun” (Shveysariya), “Brisben Roar” (Avstraliya), “Al-Shaxaniya” (Qatar), “Jalgiris” (Litva), “Port” (Tailand), “Vellington Feniks” (Avstraliya), “Olimpiya” (Sloveniya), “Deli Daynamos” (Hindiston), “Inter” (Xorvatiya), RFSH (Latviya), “Proleter” (Serbiya), “Nasaf” (O‘zbekiston).
Futbolchi orada bir klub safiga 2-3 marotaba kelib-ketgan paytlari ham bo‘lgan. Ko‘rib turganingizdek, serbiyalik hujumchi jamoa almashtirishdan sira charchamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi