
Italiya kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Roma" va "Lechche" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda "bo‘rilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safidan Kalabrezi gol urgan bo‘lsa, rimliklardan Kumbula, Abraham va zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Legionerimiz bellashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 64-daqiqada Afena-Gyan o‘rniga maydonga tushdi.
"Roma" – "Lechche" 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 15 Kalabrezi, 1:1 – 40 Kumbula, 2:1 – 54 Abraxam, 3:1 – 81 Eldor Shomurodov.
"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Kumbula, Rojer, Meytlend-Naylz (Vinya, 46), Serjiu Oliveyra, Veretu (Dzanolo, 46), Kristante, Abraxam (Zalevski, 86), Karles Peres (Mxitaryan, 46), Afena-Gyan (Shomurodov, 64).
"Lechche" – Bleve (Gabriel, 21), Jandre, Dermaku (Luchoni, 46), Kalabrezi, Barreka, Listkovski (Farago, 65), Blen, Gardjulo, Xelgason (Berkengren, 68), Oliveri, Di Mariano (Koda, 46).
Ogohlantirishlar: Listkovski (12), Afena-Gyan (38), Xelgason (44), Di Mariano (45), Gardjulo (60), Rojer (71), Abraxam (76).
Chetlatish: Gardjulo (62).
RomaLechcheEldor ShomurodovItaliya KubogiG‘alaba Qozondi/8 Final O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar