
Superliga yangi mavsumi oldidan “Dinamo” jamoasi seleksiya ishlarini davom ettirmoqda.
Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi safiga “Nasaf” yarim himoyachisi Shohmalik Komilov kelib qo‘shildi. “Dinamo” 21 yoshli futbolchini “Nasaf”dan bir yilga ijaraga oldi. Komilov 2022 yilgi mavsumni Samarqand jamoasida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Shohmalik Komilov 2021 yilgi mavsumda Superligada 18 uchrashuvda 2 ta gol, O‘zbekiston Kubogida 7 o‘yinda 2 ta gol hamda OFK Kubogida 6 bahsda 2 ta golga mualliflik qilgan. Jami 2021 yildagi 31 uchrashuvda 6 ta gol kiritgan.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar