14:06 / 24.01.2022
1 428

Shohjahon Ergashev bokschilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Shohjahon Ergashev bokschilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilgan Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunladi. Bu haqida sportchining o‘zi ma’lum qildi.

«Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim va otam uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suhbatlashdik, oz bo‘lsa ham bosib o‘tgan yo‘llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi.

Hamma narsaning boshi va oxiri bo‘lganiday sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Hayotimda yangi sahifa ochyapman.

Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam faqatgina o‘zim uchun ringda bo‘laman. O‘zimni yangi sohada sinab ko‘raman, ammo bu sport sohasi emas. Barchaga omad
», — deya yozadi Shohjahon Ergashev.

Ergashev so‘nggi jangini 2021 yilning dekabrida o‘tkazib, unda Tailand vakili Aekkauee Kaumaneni muddatidan avval mag‘lub etgandi. Shohjahon Ergashev prof boksda jami 21 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 19 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon 1,5 yildan buyon Salita Promotions kompaniyasi bilan sudlashmoqda. Promouterlik kompaniyasi 2020 yil sentyabrida Shohjahon Ergashevni boshqa promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jangdagi ishtiroki ortidan sudga bergandi. Sud jarayoni esa hamon davom etayotgandi. Avvalroq sportchi kompaniya bilan yarashmoqchi ekanini yozgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev bokschilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi