18:15 / 26.01.2022
768

"Nasaf"ning ikki yetakchisi klubda qoladigan bo‘ldi

"Nasaf"ning ikki yetakchisi klubda qoladigan bo‘ldi
2020 yil “Nasaf” futbol klubiga kelib qo‘shilgan Marko Stanoyevich 2022 yilgi mavsumda ham jamoaga yordam beradi. Futbolchi "ajdarlar" bilan yana bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Marko “Nasaf” safida Superligada 49 o‘yinda maydonga tushib , 12 gol muallifiga aylangan. Serbiyalik futbolchi jamoa bilan Superliganing kumush medali va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida jamoaga kelib qo‘shilgan Bahrom Abdurahimov 2022 yilgi mavsumda ham qarshiliklarga yordam beradi. Bahrom klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Yodingizda bo‘lsa, Bahrom 2015-2017 yillarda ham “ajdarlar” safida harakat qilgan. Abdurahimov “Nasaf” bilan birga ikki marta chempionatning bronza, bir marta kumush medallarini, ikki marta O‘zbekiston Kubogini va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan.

"Nasaf" klubi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning ikki yetakchisi klubda qoladigan bo‘ldi