Shu yilning 13 yanvar sanasidan e’tiboran FIFA "Buxoro" futbol klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘ygandi. Kecha "Buxoro" masalani hal qildi va FIFAga hisobot taqdim etdi. Turkmanistonlik futbolchida e’tiroz qolmagan bo‘lsa, kelasi hafta FIFA taqiqni olib tashlashi mukin. Bu haqda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
- Mana shu vaqtda "Buxoro" safida legionerlar mashg‘ulot o‘tkazayotgani va klub ular bilan muzokara olib borayotgani bizni xavotirga soladi. Boisi "Buxoro" yana 3 nafar tojikistonlik sportchi bilan ham qarzdorlik masalasini tezroq hal qilishi kerak. Katta ehtimol bilan tez orada ular ham FIFAga murojaat qiladi.
Ma’lumot uchun. Klub futbolchi bilan shartnomaga imzo cheksa, mazkur shartnoma O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazilishi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, u yuridik kuchga ega hisoblanadi va FIFA mazkur shartnomaning ehtimoliy muammolariga nisbatan qaror chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, eski muammolar hal etilmaguniga qadar, yangisini boshlamaslik to‘g‘riroq.
Biz 2022 yilgi mavsumdan yana bir yangilikni amalga tadbiq etish arafasida turibmiz. Ya’ni 2023 yilgi mavsumning 31 yanvariga qadar klublar eski yillar bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq bartaraf etmasa, ularga nisbatan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqini qo‘yish yoki boshqa sanksiyalarni qo‘llash masalasi tez orada O‘FA Ijroqo‘miga kiritiladi. Yevropada bu odatiy hol. Bizda esa ayrim klublar eski qarzlarni yopmay turib, yangilarini yaratishga odatlanib qolgan. Biz, albatta, buni ham tartibga solishimiz kerak. Hozirgi holatda futbol klublari smetasini O‘FA bilan kelishayotgani va yil yakunida mana shu holat bo‘yicha hisob berishi bu yo‘nalishdagi birinchi qadam hisoblanadi, - dedi PFL rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar