07:39 / 30.01.2022
1 021

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) ikkala yo‘nalish da’vogarlari bilan jang qiladigan bo‘ldi.

Ahmadaliyev IBF yo‘nalishida da’vogar Marlon Tapalesga (35-3, 18KO) qarshi jang qilishi lozim edi. Shundan so‘ng WBA ham Ronni Rios (33-3, 16KO) bilan amalga oshmay qolgan jang uchun 90 kun muddat berdi. Ikkala yo‘nalishda ham da’vogarlar orasida qolgan Murodjon uchun tashkilotchilar o‘zaro kelishishga majbur bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Ahmadaliyev dastlab WBA yo‘nalishi bo‘yicha Ronni Riosga qarshi 90 kun ichida jang o‘tkazadi, keyin esa IBF yo‘nalishida da’vogar Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tariladi.

Tapales so‘nggi jangini 2021 yil 11 dekabrida yaponiyalik Hiroaki Teshigavaraga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Bu orqali filippinlik bokschi IBF kamari uchun majburiy da’vogarga aylangan. Avvalroq u Ahmadaliyevning sobiq raqibi Ryosuke Ivasaga imkoniyatni boy bergandi. Ronni Rios esa 2021 yilning 13 fevralida oxirgi jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli bokschi 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, bir yo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi. Undan so‘ng 2021 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan jangda yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratib, o‘z kamarlarini himoya qildi. Ahmadaliyev so‘nggi jangini 2021 yilning 19 noyabrida Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Bu u uchun ikkinchi himoya bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi