
Afrika Millatlar Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan markaziy bahsda Misr Marokash ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bufal tezkor goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Saloh ikkinchi bo‘limda muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda — 100-daqiqada Salohning assistidan so‘ng Trezege g‘alaba to‘pini kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Keyrush jamoasi 1/8 finalda ham 120 daqiqa o‘ynagan va penaltilar seriyasida Kot-d'Ivuarni mag‘lub etgandi.
Misr yarimfinalda mezbon Kamerunga qarshi bahs yuritadi.
Misr – Marokash 2:1 (0:1, 1:0, 1:0)
Gollar: 0:1 – 6, penalti Bufal, 1:1 – 53 Salax, 2:1 – 100 Trezege.
Misr – Abu-Gabal (Sobxi, 96), Xegazi (Trezege, 46), Abdelmonem, El-Fotu, Ashraf (El-Din, 90), El-Nenni, El-Sulayya, Kamal, Salax (Xamdi, 120), Moxamed (Sobxi, 111), Marmush (Zizo, 80).
Marokash – Bunu, Xakimi, Saiss, Agerd, Mazina, Bufal (Raimi, 66), Amrabat, Amalla (Luza, 86), Barkok (Abuxlyal, 104), Munir (Tissaudali, 110), En-Nesiri (Mmae, 86).
Ogohlantirishlar: Kamal (25), Amalla (34), Xakimi (78), Moxamed (78), Ashraf (80), Abdelmonem (105). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar