
Tajribali yarim himoyachi faoliyatini "Paxtakor" safida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Sardor Rashidov joriy mavsumni ham "sherlar" safida o‘tkazadigan bo‘ldi. U 2022 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Avvalgi mavsumda Sardor jamoa tarkibida 9 bellashuvda 2 gol muallifiga aylangan va keyinchalik "Kuvayt" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Rashidov erkin agent sifatida "Paxtakor" safini to‘ldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar