JCH saralash bahslarini Eron va Janubiy Koreya muvaffaqiyatli yakunladi. Uchinchi bosqich tugashiga yana ikkita tur qoldi. Har ikki kuchli terma jamoa esa muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ushbu guruhga aloqador faqat bir savol qolyapti: qaysi jamoa uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oladi?
Shuni aytish mumkin, oxirgi o‘rinni band etib turgan Suriya pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Buyog‘iga kurash uchta terma jamoa orasida kechadi. Bular - BAA, Livan va Iroq. Hozirda BAA terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda boryapti. Livan hisobida 6, Iroqda esa 5 ochko bor.
Quyida bu uch jamoaning keyingi 2 turdagi o‘yinlarini keltirib o‘tamiz.
24 mart. 9-tur
Iroq - BAA
Livan - Suriya
29 mart. 10-tur
Eron - Livan
BAA - Janubiy Koreya
Suriya - Iroq
Demak, kelasi turni BAA safarda Iroqqa qarshi o‘tkazadi. Agar bu o‘yinda amirlik futbolchilari g‘alaba qozonsa, Iroq mundialga chiqish orzusi bilan xayrlashadi. Livan esa oxirgi o‘rindagi Suriyani qabul qiladi.
Va nihoyat so‘nggi turda BAA o‘z maydonida JCHga chiqib bo‘lgan Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Livan Tehronda Eron mehmoni bo‘lsa, Iroq ham safarda Suriyaga qarshi bahs olib boradi. Xo‘sh, sizningcha qaysi jamoa guruhda uchinchi o‘rinni egallaydi? “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar