23:44 / 03.02.2022
1 256

JCH saralash. Ikkita yo‘llanmaga uchta da’vogar: kim do‘ppisini osmonga otadi?

JCH saralash. Ikkita yo‘llanmaga uchta da’vogar: kim do‘ppisini osmonga otadi?
Osiyoda jahon chempionati saralash bahslarining uchinchi bosqich tugashiga 2 tur qoldi. Ayni payt "B" guruhida juda qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Negaki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkita yo‘llanma uchun uchta terma jamoa kurash olib boryapti. Guruh peshqadami Saudiya Arabistoni 19 ochko to‘plagan bo‘lsa, Yaponiya 18 ochko bilan ikkinchi, Avstraliya esa 15 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

27 yanvar va 1 fevral kunlari o‘tkazilgan ikki turda Saudiya Arabistoni g‘alaba va mag‘lubiyat qayd etdi. Erve Renar shogirdlari uyda Ummonni 1:0 hisobida mag‘lub etib, safarda Yaponiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Yaponiya ketma-ket ikkita bahsni ham bir xil 2:0 hisobida yakunladi. "Samuraylar" dastlab Xitoyni, so‘ngra Saudiya Arabistonini xuddi shu hisob bilan mag‘lub etishdi. Avstraliya esa bir g‘alaba va bir durang qayd etdi. "Kengurular" avvaliga Vetnamni 4:0 hisobida mag‘lub etib, keyin safarda Ummon bilan 2:2 o‘ynashdi.

Shunday qilib qishki o‘yinlarda Yaponiya 6, Avstraliya 4 va Saudiya Arabistoni 3 ochko to‘pladi. Mana shu 6 ochko tufayli Yaponiya terma jamoasi guruhdagi ahvolini ancha yaxshilab oldi va endilikda peshqadam Saudiyadan atigi bir ochkoga ortda qolyapti. Vaholanki, uchinchi bosqich boshida yaponlar uchta o‘yindan ikkitasida mag‘lubiyatga uchragandi.

Guruh o‘yinlari tugashiga 2ta tur qolganini hisobga olsak, buyog‘iga kurash yanada qizg‘in kechishi turgan gap. Zero, har uchala terma jamoada ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2022ga borish imkoniyati mavjud. Lekin faqat kimgadir juda alam qiladi, chunki guruhda uchinchi bo‘lib, pley-offda qoladi.

24 mart. 9-tur
Avstraliya - Yaponiya
Xitoy - Saudiya Arabistoni

29 mart. 10-tur
Yaponiya - Vetnam
Saudiya Arabistoni - Avstraliya

Oxirgi ikki turda uch jamoaning o‘yinlar taqvimi shunday ko‘rinish olgan. Avstraliya terma jamoasini birmuncha qiyin taqvim kutmoqda: ular ham Yaponiya, ham Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi.

P.S. Guruhdagi qolgan uch jamoa - Ummon, Xitoy va Vetnam jahon chempionatiga chiqish orzusi bilan xayrlashib bo‘ldi. Bu jamoalarda hatto 3-o‘rinni olish uchun ham imkoniyat qolmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH saralash. Ikkita yo‘llanmaga uchta da’vogar: kim do‘ppisini osmonga otadi?