
"Lokomotiv" hujumkor yarim himoyachisi Azizbek Amonov faoliyatini Eronning 8 karra chempioni, ayni damda mamlakat chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Istiqlol" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda "Loko" matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsum "temiryo‘lchilar" tarkibidagi o‘yinlari orqali nafaqat muxlislar mehrini qozongan futbolchi O‘zbekiston milliy termasida ham debyutini amalga oshirdi va ikkita gol ham urishga erishdi.
O‘z navbatida "Lokomotiv" futbol klubi futbolchining Erondagi faoliyatida omad tilab qoladi.
Azizbek Amonovning "Lokomotiv"dagi statistikasi:
2017-yil. 11 o‘yin 1 gol
2018-yil. 13 o‘yin 1 gol
2019-yil. 8 o‘yin 1 gol
2020-yil. 13 o‘yin 1 gol
2021-yil. 26 o‘yin 8 gol
Azizbek AmonovLokomotiv Futbol KlubiEron ChempioniO‘zbekiston Milliy TermasiTemiryo‘lchilarIstiqlol Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar