“Ajdarlar” bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qarshiliklarning bu safargi raqibi Ruminiyaning “Universtatia Kluj” jamoasi bo‘ldi.
Bellashuv qiziqarli va ko‘plab xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. 56-daqiqada Husayn Norchayevning dastlabki zarbasini raqib futbolchisi bartaraf etgan bo‘lsa, uning ikkinchi zarbasi darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi. 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bahrom Abdurahimov Aziz Xolmurodovning uzatmasidan so‘ng uchrashuvda hisobni ochdi — 1:0.
80-daqiqada Dilshod Saitovning tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Martin Remakle hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa "ajdarlar"ning ikkinchi nazorat uchrashuvi 1:1 hisobida o‘z yakuniga yetdi.
“Nasaf” — “Universtatia Kluj” (Ruminiya) 1:1
Gollar: Bahrom Abdurahimov 64 — Martin Remakle 88.
“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Dilshod Saitov, 9. Ivan Solovev, 14. Sharof Muhitdinov, 77. Oybek Bozorov, 19. Husayn Norchayev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov (S).
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahrom Abdurahimov, Murodbek Rahmatov, Husniddin Aliqulov, Aziz Xolmurodov, Suhrob Nurulloyev, Sardor Sadullayev, Alibek Davronov, Shahzod Akramov.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi