07:00 / 11.02.2022
957

Diyor Imomxo‘jayev: Turkiyada mashg‘ulot o‘tkazish yaxshi, ammo...

Diyor Imomxo‘jayev: Turkiyada mashg‘ulot o‘tkazish yaxshi, ammo...
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev klublarning futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida befarqlikka yo‘l qo‘yayotganini aytdi.

"Turkiyada mashg‘ulotlar o‘tkazish jamoa uchun yaxshi. Klub esa birinchi navbatda o‘z futbolchilarini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish haqida o‘ylashi to‘g‘riroq. Chunki transfer oynasi yakuniga bor-yo‘g‘i 16 kun vaqt qoldi.

Hozircha chempionat uchun faqatgina Dinamo va Metallurg o‘z futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bunyodkor, AGMK, Neftchi, Navbahor esa shartnomalarnigina taqdim etgan xolos. Bu klublar futbolchilar xorijdan qaytishi bilan ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Oldindagi 15 kun vaqt tig‘izligidan kelib chiqib, navbat masalasi katta sahnaga chiqadi.

Superliga klublari orasidan eng og‘ir holat Surxonda, bizda xavotir mavjud. Yangi homiylar katta ishni boshlashga tayyor, ammo amaldagilar bilan kelishish cho‘zilyapti. Ularda asosiy masala jamoa kelajagi emas, vaziyatdan chiqib ketishga bo‘lgan intilish bo‘lib ko‘rinyapti
", - deb yozdi Imomxo‘jayev o‘zining telegram kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Turkiyada mashg‘ulot o‘tkazish yaxshi, ammo...