YECHL 1/8 finalida “Manchester Siti” safarda “Sporting”ni tor-mor (5:0) etdi va chorak final masalasini deyarli hal qildi.
Uchrashuvdan keyin “shaharliklar” ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ba’zi futbolchilar odatdagidan ko‘ra yomonroq o‘ynashdi, to‘pni oson yo‘qotdik. Shu bilan birga bugun juda sovuqqon harakat qildik.
Dastlabki 7 daqiqalikda “Sporting” qanchalar yaxshi ekanini kuzatdik. Menga ishoning jamoalar o‘rtasidagi farq 5:0 ga to‘g‘ri kelmaydi.
Futbolda bir qoida bor: to‘p senda bo‘lsa, uni yo‘qotmaslikka harakat qil, ayniqsa, oson vaziyatlarda. Biz esa ko‘p hollarda uni yo‘qotdik. Bu Yevropaning top jamoalariga qarshi o‘yinlarda sodir bo‘lsa, raqiblar qarshi hujumga o‘tish imkoniga ega bo‘ladi. Yanada kuchayishimiz lozim.
“Sporting” – fantastik jamoa, Portugaliya chempioni. Ular qanchalik yaxshi, ajoyib jamoaligidan xabardorman.
Juda xursandman deb ayta olaman, chunki keyingi bosqichga chiqish uchun katta qadam tashladik. Biroq, bu endigina birinchi o‘yin. Qoyilmaqom natija, lekin chorak finalga yo‘l olish uchun yana bir uchrashuvni o‘tkazish kerak.
O‘yinchilar ish uslubimni bilishadi. Yanada rivojlanib borishimiz zarur. Ishoning, juda xursandman, ammo bundan ham zo‘rroq bo‘lishga qodirmiz”, deydi ispaniyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda