Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin mamlakatimizning mahoratli himoyachilaridan biri bo‘lgan Rustam Ashurmatov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun maxsus intervyu berdi.
- Rustam, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz!
- Rahmat! Fursatdan foydalanib, o‘z tarixi va nomiga ega klub tarkibiga qo‘shilganimdan xursand ekanligimni izhor etmoqchiman.
- Sizni jamoaga kim taklif qildi?
- Klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi. O‘z navbatida shuni ta’kidlamoqchimanki, so‘nggi 3 mavsumni xorijda, yanayam aniqrog‘i, Janubiy Koreya chempionatida o‘tkazganligim bois, yaqinlarimni judayam sog‘indim hamda faoliyatimni o‘z yurtimizda davom ettirishga ahd qildim. Bundan xabar topgan Superliganing ko‘plab klublari menga taklif bilan chiqishdi. Ammo yangi mavsumda “Navbahor” o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yganligi, ya’ni, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni niyat qilganligi, qolaversa, jamoani mamlakatimizning taniqli mutaxassislaridan biri, O‘zbekiston milliy terma jamoasida birga faoliyat yuritgan mutaxassis Samvel Vyacheslavovich boshqarayotganligi, bundan tashqari, jamoadagi ko‘plab futbolchilar bilan “Bunyodkor” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasida birga to‘p tepganligim, shuningdek, Namangan uyim Qo‘qonga yaqin bo‘lganligi bois, yangi mavsumda “Navbahor”da o‘ynashga qaror qildim.
Yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, klub bilan shartnoma imzolash arafasida Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek aka Samatov bilan suhbatlashib, shunga amin bo‘ldimki, ular futbolni teran tushunadigan, haqiqiy futbol fidoyilari, jonkuyarlari ekan. Shunday fidoyi rahbarlar boshqaruvidagi klub bilan yangi mavsumda Xudo xohlasa, o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.
Fursati kelganida shuni ham aytish lozimki, namanganliklar taklifiga rozilik berishdan oldin oila a’zolarim, shuningdek, “Navbahor”da 2 yil davomida (2014-2015 yillarda) bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan tog‘am Baxtiyor Ashurmatov bilan maslahatlashdim. Ular mening qarorimni qo‘llab-quvvatlashdi. Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor”ning muvaffaqiyatlariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman.
- Futbolchi bo‘lishingizda tog‘angiz Baxtiyor Ashurmatovning ham munosib hissasi bo‘lsa kerak?
- Albatta! Aynan tog‘amga havas qilib, shu kasbni tanlaganman, shuningdek, himoyachi bo‘lganman. Tog‘am futbolchi bo‘lmaganida, taqdirim boshqacha kechishi ham mumkin edi. Shu bois, hozirgacha tog‘amdan maslahat olib turaman.
- Muxlislarga tilaklaringiz...
- Albatta, “Navbahor” ishqibozlarining ta’rifi barchaga ma’lum. Mazkur jamoani tanlashimda ushbu omil ham ahamiyat kasb etdi. Muxlislardan jamoamizni doimo qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz ham ularning ishonchlarini oqlab, azaliy orzularini ro‘yobga chiqarish, ya’ni, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Baxtimizga ishqibozlar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.
Bizning ma’lumot
Rustam Ashurmatov – 1996 yil, 7 iyul kuni Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
“Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi.
Ampluasi: himoyachi.
O‘ynagan jamoalari: “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2015 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2016-2018 yillar), “Kvanju” (Kvanju, Janubiy Koreya, 2019-2020 yillar), “Kanvon” (Kanvondo, Janubiy Koreya, 2021 yil).
2022 yildan “Navbahor”da.
Shuningdek, o‘z vaqtida O‘zbekiston U-17, U-19 va U-23 terma jamoalari yetakchilaridan biri bo‘lgan. 2018 yili O‘zbekiston U-23 yoshlar termasi safida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. 2017 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).
Havas qiladigan futbolchilari: Baxtiyor Ashurmatov va Serxio Ramos.
Oilali.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?