14:00 / 19.02.2022
1 004

Bugun "Stranja" turniriga qur’a tashlanadi yoxud murabbiy sharoitlar haqida qanday fikrda?

Bugun "Stranja" turniriga qur’a tashlanadi yoxud murabbiy sharoitlar haqida qanday fikrda?
19-28 fevraliga qadar Bolgariya poytaxti Sofiya shahridagi "Sofia Hall" sport majmuasida boks bo‘yicha an’anaviy "73-Strandja" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 36 davlatidan 450 ga yaqin eng kuchli bokschilar ishtirok etadi.

"Strandja" kubogi boks bo‘yicha IBA Diamond League seriyasidagi birinchi turnir sifatida tarixga kiradi. Yevropaning eng nufuzli turniri qit’ada yagona va yangi formatdagi 3 ta jahon tasnifidagi turnirlaridan biri bo‘ladi. Turnirda erkaklar 13 va ayollar 12 vazn toifasida ishtirok etadi.

Ma’lumki, ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan ishtirok etmoqda. Biz murabbiylar shtabidan o‘rin olgan Abduvohid Jalolov bilan Sofiyadagi sharoitlar borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Umuman olganda barchasi yaxshi ko‘rinish olgan. Hozirda, "Park hotel Moskva" mexmonxonasida istiqomat qilyapmiz. Turnir bo‘ladigan arena bilan mehmonxona orasi yaqin. Bu bizga bir qator qulayliklarni yaratmoqda. Ya’ni, bolalarni nazorat qilish oson bo‘ladi. Bugun Bolgariya vaqti bilan 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 20:00) qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va kimlarga ro‘baro‘ kelishimizga oydinlik kiritiladi.

Ko‘plab jamoalar olimpiya tarkibi bilan tashrif buyurishgan. Aksariyatida har bir vaznda 2 tadan bokschilar bor. Jumladan, Qozog‘iston, Rossiya jamoalarini aytishim mumkin. Barchaning kayfiyati yaxshi va ko‘tarinki, chiroyli va ijobiy natijalar qayd etamiz degan umiddaman
.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun "Stranja" turniriga qur’a tashlanadi yoxud murabbiy sharoitlar haqida qanday fikrda?