date
views 1 284

Shomurodov "Barsa" futbolchisi bilan birga to‘p tepishi mumkin

Shomurodov "Barsa" futbolchisi bilan birga to‘p tepishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Serjino Dest faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, unga "Roma"dan jiddiy qiziqish bor. So‘nggi paytlarda ishlari yurishmayotgan Mourino yangi transferlarni so‘ramoqda. O‘z navbatida, Dest ham kataloniyaliklar tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli taklifga rozi bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

21 yoshli amerikalik himoyachi uchun "ko‘k-anorranglilar" 20 million yevro atrofidagi mablag‘ni talab qilyapti. Serjinoga "Monako"dan ham qiziqish bor, ammo u rahbariyatga "Roma" variantini ma’qul ko‘rishini aytgan.

Dest "Barsa" tarkibiga 2020 yil "Ayaks"dan kelib qo‘shilgan edi. Bu vaqt oralig‘ida u 63 bahsda maydonga tushib, 3 gol va 4 assistga mualliflik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov "Barsa" futbolchisi bilan birga to‘p tepishi mumkin