date
views 1 882

"Roma" 99-daqiqada urilgan gol evaziga "Spetsiya"ni magʻlub etdi

"Рома" 99-дақиқада урилган гол эвазига "Специя"ни мағлуб этди
A Seriya 27-turidan oʻrin olgan "Spetsiya" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Abraxamning 90+9 daqiqada urgan goli oʻyin taqdirini hal qildi. Qayd etish lozim, mezbonlar futbolchisi Adu 45-daqiqada qizil kartochka oldi.

Ushbu natijadan soʻng "boʻrilar" hisobidagi ochkolar soni 44 taga etdi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 8-oʻrinni band etgan. 26 ochkosi bor "Spetsiya" 14-pogʻonada bormoqda.

Spetsiya – Roma 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 90, penalti Abraxam.
Spetsiya – Provedel, Amyan, Nikolau, Erlich, Sala (Madjore, 13), Bastoni (Djasi, 63), Kiver, Retsa, Agudelo, Verde (Ferrer, 46), Nzola.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini (Dzanolo, 46), Kumbula, Zalevski (Shomurodov, 80), Mxitaryan (Bove, 90), Veretu (El-Shaaravi, 68), Kristante, Pellegrini, Abraxam.
Ogohlantirishlar: Agudelo (30), Amyan (39), Manchini (45), Kumbula (64), Kiver (85), Dzanolo (90), Madjore (90).
Chetlatish: Amyan (45).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport