20:25 / 01.03.2022
1 221

Chempionlarimiz Toshkentda qanday kutib olindi? (video)

Chempionlarimiz Toshkentda qanday kutib olindi? (video)
Nufuzli musobaqada umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan bokschilarimiz O‘zbekistonga qaytishdi, ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Bolgariyaning Sofiya shahrida “kichik jahon chempionati” sifatida e’tirof etiladigan an’anaviy “Stranja Cup-2022” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. 73-marotaba tashkil etilgan musobaqada jahonning 37 ta mamlakatidan 370 nafardan ortiq erkak va ayol bokschilar g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishdi.

Musobaqa erkaklar o‘rtasida 13 ta, ayollar o‘rtasida esa 12 ta vazn toifasida tashkil etildi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur turnirda 8 nafar erkak va 5 nafar ayol bokschi bilan qatnashib, yakunda 6ta oltin hamda bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Alohida qayd etish kerak, Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina kabi terma jamoalar ikkita tarkib bilan ishtirok etgan “Stranja Cup-2022” xalqaro turnirida vakillarimizning bunday natija qayd etishi boks hamjamiyati orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Bugun yarim tunda ushbu musobaqada ishtirok etgan charm qo‘lqop ustalarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari Shahrullo Mahmudov, Abdulla Aslonov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarimizning oila a’zolari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin medal:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov,
-57 kg: Abdumalik Halakov,
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov,
-80 kg: Odiljon Aslonov,
-92 kg: Madiyar Saidrahimov,
+92 kg: Lazizbek Mullajonov,

Bronza medali:
-52 kg: Tursunoy Rahimova.

Ma’lumot uchun, musobaqa tashkilotchilari tomonidan oltin medal sohiblari 4 ming yevro, kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 2 ming yevro hamda bronza medaliga sazovor bo‘lgan bokschilar 1 ming yevro miqdoridagi pul mukofotlari bilan bilan taqdirlanishdi. Quyida ushbu jarayondan videoni tomosha qilishingiz mumkin.


Bolgariya1, Sofiya shahri1, Stranja1, Xalqaro turnir1, Boks1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlarimiz Toshkentda qanday kutib olindi? (video)