23:05 / 02.03.2022
1 074

"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Aziz Haydarov bilan har kuni maslahatlashib turamiz"

"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Aziz Haydarov bilan har kuni maslahatlashib turamiz"
O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Surxon" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bizda qisqa vaqt bo‘ldi tayyorgarlik uchun. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkita teng kuchli jamoalar o‘ynadi. Vaziyatlar bo‘lganiga qaramay 0:0 hisobi qayd etildi".

- Potensialidan kelib chiqib qanday maqsad sari intilasiz?
- Men 5 fevral kuni keldim. Jamoa esa tayyorgarlikni boshlagandi. Salohiyati tanish, ko‘p ishladik. Reja bo‘yicha ish olib borildi. "Surxon" to‘g‘ri yo‘nalishda oldinga qarab intiladi.

- O‘zbek futboli haqida nimalarni bilasiz? Qanday ma’lumotlarga egasiz?
- O‘zbekistonga kelgunimga qadar ko‘p ma’lumotlarga ega emasdim. Bundan tashqari ispaniyaga yosh mutaxassislar kelganda tanishgandik. Qolaversa, "Al Shabab"da ishlaganimda Aziz Haydarov to‘p tepgan. U orqali ko‘p ma’lumotlarni bilib olgandim. Mening telefonimda hali ham uning kontakti bor. Har kuni qo‘ng‘iroq qilib maslahatlashib turamiz.

- Futbolchilaringiz bugun qarshi hujum taktikasida harakat qildi. "Surxon"ga qanday uslubni singdirmoqchisiz?
- Biz doim hujumkor futbol ko‘rsatamiz. "Olimpik" O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri. Iqtidorli yosh futbolchilar borligini ko‘rdim. Jamoamga o‘zini ko‘rsatishga harakat qilgani uchun rahmat aytaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Aziz Haydarov bilan har kuni maslahatlashib turamiz"