
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor «Chelsi» futbol klubining sotuvga qo‘yilishiga munosabat bildirdi.
2003 yildan buyon boshqaruvda bo‘lib kelgan Roman Abramovich klub bilan xayrlashmoqchi ekanini e’lon qilgandi.
Konor Twitter sahifasida «Men buni o‘rganib chiqaman», — deya yozib, «Chelsi» uchun 3 milliard funt sterling to‘lashga tayyorligini aytgan suhbatning skrinshotini ilova qilgan.

Foto: Twitter / Konor Makgregor
Avvalroq Makgregor «Manchester Yunayted» klubini sotib olish istagi haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli «Chelsi» boshqaruvini klub xayriya fondiga topshirgandi.
Konor MakgregorChelsi Futbol KlubiUFC Sobiq ChempioniBoshqaruvda Bo‘lishRoman AbramovichManchester Yunayted O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar