O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi sahifasi orqali "Surxon" klubidagi muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Surxon" klubi va muxlislarini mavsumdagi ilk ochko bilan tabriklaymiz. Ishonamizki, endi klub o‘zining aniq prinsiplari va yo‘nalishiga tushib oladi.
"Surxon" juda muammoli klub edi. Yangi rahbariyat futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda katta qiyinchilikka duch keldi. Hattoki 20 fevral sanasida ham ko‘p narsa ma’lum emasdi. Transfer oynasi yopilishiga faqatgina 3 kun qolganida haqiqiy ish boshlandi. Shundan kelib chiqilsa, "Surxon" tarkibida muammolar bo‘lishi tabiiy, vaqt bu borada hammasini puxta qilishga imkon bermadi.
Ammo klub katta maqsadlarni qo‘ymoqda. Stadionni yangilash, akademiyani shakllantirish va shu bilan bir qatorda asosiy jamoani kuchaytirish asosiy vazifa. Biroq bular oson ish emas. 2022 yil "Surxon" uchun qiyin va sinovli bo‘lishi tabiiy. Hammasi yo‘liga tushib ketsa, 2023 yildan boshlab klub tarixida yangi sahifa ochilishi mumkin. Jamoaga muvaffaqiyat tilaymiz", - deb yozdi Diyor Imomxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, "Surxon" kecha Superliganing ilk turida Toshkentda "Olimpik" bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”