
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.
"Bugun menimcha futbol bayrami u qadar o‘xshamadi. Yigitlar muxlislarni xursand qilish uchun biroz shoshib qolishdi.
Raqibimiz bir necha yillardan buyon barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. Bundan tashqari, "Nasaf" bitta rasmiy o‘yin o‘tkazib bo‘ldi – Superkubok. Bugun biz g‘alabaga yaqinroq edik, bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski, ular gol bilan yakunlanmadi.
Muxlislar bugun "Navbahor-2022"ni faqat qisman ko‘rishdi. Birinchi taymdagi dastlabki 20 daqiqa va uchrashuvning oxirgi 35 daqiqasida. Bu yil qiziqarli chempionat bo‘ladi deb o‘ylayman. O‘yinimizni yanada sifatli qilishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", – dedi Babayan.
- "Navbahor"ga muxlislar yordam beradi deyishadi, ammo menimcha, bugun ular xalal bergandek bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi 10 daqiqada har bir pas noaniq ketaverdi...
- To‘g‘ri aytyapsiz. Muxlislarni xursand qilish uchun haddan ziyod istak bor edi. Klubga kelganimda aytganman, "Navbahor"da bosimga bardoshli futbolchilar o‘ynashi kerak deb. Bugun katta imtixon bo‘ldi. Xatolarni tahlil qilamiz.
- 1996 yilgi "Navbahor"da ishlagansiz, hozirgi va o‘sha jamoani taqqoslay olasizmi?
- Hozir ikki jamoani taqqoslash qiyin. 1996 yilda ham, hozir ham yaxshi futbolchilar jam bo‘lishgan. Ikki jamoa ham men uchun qadrdon. Xuddi 1996 yilgidek sifatli o‘yin ko‘rsatishga urinamiz.
- Andreyevga to‘p tushganida faqat "ichkariga" tepib yubormoqda. Siz shunday ko‘rsatma berganmisiz yoki o‘zini yo‘qotib qo‘ydimi?
- Andreyev ham, boshqa futbolchilar ham bosim natijasida ko‘p xato qilishdi.
- "Navbahor" Turkiyada 10 dan ziyod o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, biroq bugun ko‘rdikki, jamoaviy o‘yindan asar ham yo‘q...
- Bugun yuqorida aytganimdek, ishqibozlar jamoaviy o‘yinning faqat bir qismini ko‘rishdi. Hali oldinda ancha qiladigan ishlarimiz bor.
SuperligaNavbahorNasafSamvel BabayanFutbol bayramiMuxlislarni xursand qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar