
Saudiya Arabistoni konsorsiumi «Chelsi»ni xarid qilish uchun kurashga qo‘shildi. Goal nashriga ko‘ra, Saudiya konsorsiumi London klubini sotib olish uchun jiddiy qiziqish bildirgan.
Xabarda aytilishicha, hozirda «Chelsi»ni sotib olish istagini bildirgan kamida 10 ta potensial xaridor bor. Jumladan, Amerika-Shveysariya konsorsiumi, «Nyu-York Jets» xo‘jayini Vudi Jonson va turkiyalik tadbirkor Muhsin Bayrak ham London jamoasiga qiziqish bildirgan.
Qayd etish kerak, 2021 yilning kuzida Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (PIF) APLning boshqa bir klubi «Nyukasl»ni sotib olgandi.
Avvalroq UFC sobiq chempioni Konor Makgregor ham London jamoasini xarid qilishga tayyorligini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli «Chelsi» boshqaruvini klub xayriya fondiga topshirdi. 3 mart kuni esa 2003 yildan beri boshqarib kelayotganini sotishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Saudiya ArabistoniChelsiPotensial XaridorlarLondon KlubAmerika-ShveysariyaMuhsin Bayrak O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar