O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
Hozirgina kiyim almashtirish xonasida shogirdlari bilan gaplashdim ularga shu gaplarni aytdim: "Bu o‘yinda esda qolarli narsa faqatgina 3 ochko!" Ba’zida 11x11 o‘ynash yaxshiroq bo‘ladi. Raqib safidagi futbolchining qizil kartochkasidan afsusdaman.
"Neftchi"ni bizga yaxshi qarshilik ko‘rsatgani bilan tabriklayman. Ular so‘nggi daqiqalarga qadar o‘z mentalitetini namoyish etishga urinishdi. Bugun biz istagan o‘yin uslubini ko‘rmadik va shuning uchun ham faqatgina 3 ochko bilan quvonishimiz mumkin. To‘g‘ri, ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo o‘yin ko‘ngildagidek emasdi.
Ba’zida siz xohlagan narsalarni qila olmasdan ham g‘alaba qozonishingiz mumkin, bugun shunday bo‘ldi. Raqibning 10 kishi bo‘lib qolganidan foydalanishimiz kerak edi va buni shogirdlarimga tushuntirdim.
Gol urish borasida me’yor bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, faqat Cheranga bog‘lanib qolish yaxshi emas. Men uning gollar urayotganidan xursandman. Masalan, kecha Benzema 3 ta gol urdi va men bu Anchelottining muammosi deb o‘ylamayman.
Moslashib olish uchun Oliver Sharkichga vaqt kerak deb o‘ylayman. Chunki u O‘zbekistonga dunyoning umuman boshqa burchagidan keldi. Hatto, ichki chempionatda o‘ynagan Aziz Turg‘unboyevga ham "Paxtakor" o‘yiniga moslashish uchun 6 oy kerak bo‘lgan.
Oxirgi to‘rtta uchrashuvni yodga olsak, Larin hamda Xadjiyev himoya markazida o‘ynadi va ularning to‘rttasida ham darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishga erishdik. Hujumga o‘tish borasida fikr bildiradigan bo‘lsak, agar oldinda bo‘sh pozitsiya bo‘lsa, Kamen uni to‘ldirish uchun markazga yaqin harakat qilishini aytganman. Biroq bir uchrashuvning o‘zida turli xil vaziyat bo‘ladi va vazifalar ham o‘zgarishi tabiiy.
Vaziyatlardan foydalanish borasida anchagina kamchiliklar bor. Buning ustida mashg‘ulotlar davomida tinmay ishlamoqdamiz. Asosiy muammo sifatida so‘nggi pasni berish va diqqatni jamlashni ko‘rsatgan bo‘lardim.
Har bitta o‘yinda yosh futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilyapmiz. Masalan, bugun Ruslan Roziyevni maydonga tushirdik. Shuningdek, Abbos Fayzullayev, Dior Holmatov va bir necha iste’dodli yoshlarimiz bor. Ularni e’tibordan qochirmayapmiz. Faqatgina ular mashg‘ulotlar davomida o‘zini ko‘rsatishi lozim.
O‘rinbosarlar jamoasi uchrashuvlarini muntazam kuzatib bormoqdaman. Ular o‘tgan hafta "Dinamo"ga qarshi bahsda 5 ta gol urdi. Ertaga ham maydonga tushishadi. Yoshlar jamoamiz safida bir necha kattalarga o‘tishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bor.
Sherzod A’zamovni men sardor qilib tayinlaganim yo‘q. Bu jamoa a’zolarining qarori edi. Ular doim birga yuradi va kim sardorlikka loyiqligini yaxshi bilishadi. Sherzod nafaqat men, balki klub uchun juda muhim shaxs. U bugun maydonga tushmagan bo‘lsa ham jamoa yetarchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas