20:50 / 11.03.2022
998

Superliga,. "Lokomotiv" kichik kambek evaziga AGMKni mag‘lub etdi

Superliga,. "Lokomotiv" kichik kambek evaziga AGMKni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Hisob 41-daqiqada olmaliqliklar vingeri Xurshid G‘iyosov tomonidan ochildi. Oradan bir necha soniya o‘tib, G‘ulomov uzoq masofadan bergan zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymda o‘yinga qo‘shilgan Qodirqulov jamoasiga g‘alaba taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alaba natijasida "temiryo‘lchilar" ochkolari sonini 3 taga yetkazib oldi. Qosimov shogirdlari esa hali ochko to‘plaganicha yo‘q.

"LOKOMOTIV" – AGMK 2:1
Gollar:
Xurshid G‘iyosov (Akrom Komilov) 41', G‘ulomhaydar G‘ulomov (Alisher Salimov) 42', Sanjar Qodirqulov 70'
"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov - 6.Alisher Salimov, 3.Islom Qobilov, 44.Samuel Opex, 37.Sherzod Fayziyev (14.Xurshid Muxtorov 64'), 27.Islom Rashidxonov (8.Nurmuhammad Toshpo‘latov 85') - 11.Kaxi Maxaradze (18.Ali Abdurahmonov 78'), 21.G‘ulomhaydar Gulyamov - 7.Diyor Turopov, 22.Muhammadanas Hasanov (17.Sanjar Qodirqulov 64') - 19.Jerom Etame (20.Jaloliddin Jumaboyev 78').
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiyev - 5.Dilshod Komilov, 23.Igor Chikrizov, 98.Ma’ruf Jumayev.
AGMK: 35.Valijon Rahimov - 70.Mirg‘iyos Sulaymonov, 15.Andrey Mishenko, 8.Abdulla Abdullayev, 2.Akrom Komilov (77.Nodir Abdurazzoqov 90+1') - 4.Mirjamol Qosimov, 63.Alisher Jalilov (29.Iskandar Businov 87'), 88.Siyovush Haqnazariy (14.Bobur Sobirov 87') - 11.Murod Toshmatov (7.Dilshod Ahmadaliyev 78'), 27.Martin Boake (9.Zafar Polvonov 87'), 10.Xurshid G‘iyosov.
Zaxira: 1.Botirali Ergashev - 6.Ixtiyor Xolmo‘minov, 38.Sunnatillo Abdug‘aniyev, 44.Murot Ermatov.
Ogohlantirishlar: Sherzod Fayziyev 58', Jerom Etame 65', Abdumavlon Abdujalilov 86', Bobur Sobirov 90+4

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga,. "Lokomotiv" kichik kambek evaziga AGMKni mag‘lub etdi