23:30 / 16.03.2022
1 032

Slavche Voyneski: “Bugungi o‘yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo‘lmaydi”

Slavche Voyneski: “Bugungi o‘yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo‘lmaydi”
Superliganing uchinchi turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Olimpik” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
- Biz uchun qandaydir tushunarsiz o‘yin bo‘ldi. Dastlabki 10 daqiqalikda yomon to‘p tepdik. O‘yinga kirishishimiz yaxshi kechmadi. Buning natijasida “Olimpik” gol urib ketdi. 15 daqiqada bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan so‘ng o‘yinimiz yaxshi tomonga o‘zgardi. Futbolchilar xarakter ko‘rsata olishdi. Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsam, “Olimpik” safida xaraktchan yosh futbolchilar bor. Bugungi o‘yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo‘lmaydi.

- “Paxtakor”ning himoya chizig‘idagi muammolar nima bilan bog‘liq? Balki himoyachilarning jismoniy holati yaxshi emasdir...
- Zamonaviy futbolda butun jamoa himoyalanishi va hujumga o‘tishi kerak. “Olimpik”ning bosim qilishini bilar edik. Himoyadagi ijrochilarimiz zo‘r o‘ynamagan bo‘lishi mumkin. Biz bunga jamoaviy qarashimiz kerak. Mashg‘ulotlarda shularning ustida ishlaymiz.

- Bugun markazda “Paxtakor”ning asosiy tarkibida Oliver Sharkich tushdi. Uning asosiy tarkibda tushishi xato qaror edimi?
- Sharkichni olishimiz taktik o‘zgarishga bog‘liq. Tempga qarab Sobirxo‘jayevni tushirdik. Chunki qiyin vaziyatda edik. Sharkich bugun yaxshi o‘ynadi. Keyingi uchrashuvlarda yana imkoniyat beramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Slavche Voyneski: “Bugungi o‘yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo‘lmaydi”