20:37 / 17.03.2022
1 108

Superliga doirasidagi «OKMK» — «Nasaf» uchrashuvi qoldirildi

Superliga doirasidagi «OKMK» — «Nasaf» uchrashuvi qoldirildi
Foto: PFL
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan «OKMK»—«Nasaf» o‘yini qoldirildi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘yin Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi so‘roviga ko‘ra qoldirilgan. Toshkent viloyati IBB 20–21 mart kunlari Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab, viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tishi sabab, mazkur tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash uchun viloyat ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning mavjud kuch va vositlari jalb qilinishini inobatga olib, 20 va 21 mart kunlari «OKMK» sport majmuasi o‘yingohidagi futbol uchrashuvlarini boshqa kunga qoldirishni PFLdan so‘ragan.

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 16–18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Faqatgina «Nasaf» jamoasining OFK Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga o‘tish o‘yinida ishtirok etishi hisobga olinib, «OKMK»ga qarshi bahs 20 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Shu sababli ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin boshqa kunga qoldiriladi.

Ma’lumot uchun, «Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bahsida BAAning «Baniyas» jamoasi ustidan g‘alaba qozondi va guruh bosqichiga yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga doirasidagi «OKMK» — «Nasaf» uchrashuvi qoldirildi