07:57 / 18.03.2022
3 210

Bu jamoa Shomurodov yordamiga muhtoj! Eldorni boshqa klubda kutishyapti

Bu jamoa Shomurodov yordamiga muhtoj! Eldorni boshqa klubda kutishyapti
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan buoncalcioatutti.it sayti asoschilari va mualliflaridan biri – taniqli jurnalist Alessio Semino Italiya chempionatida o‘ynayotgan legionerlar haqida bergan intervyusida Eldor Shomurodov haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Sports.uz portali mazkur intervyuning Eldor Shomurodov haqidagi qismini e’tiboringizga havola etadi.

- Siz Eldor Shomurodovga alohida hurmat bilan qaraysiz. U “Jenoa”da yorqin o‘yinlari bilan o‘zini ko‘rsatdi va keyinchalik Mourinoning “Roma”siga o‘tib ketdi...

- Siz haqsiz. Men hamon Shomurodovga alohida ehtirom va e’tibor bilan munosabat qilaman. Uning faoliyatini muntazam kuzatib boraman. Bu hujumchi hozir “Jenoa”ga juda asqotgan bo‘lardi. Klubni tark etgani achinarli bo‘ldi.

Yangi bosh murabbiy Blessin avvalgi mutaxassislar davrida yuzaga kelgan inqirozli vaziyatni qisqa fursatda to‘g‘rilashga erishdi. Deyarli o‘tib bo‘lmaydigan himoya chizig‘ini shakllantirdi. Biroq, hujumda hamon katta muammolar ko‘zga tashlanyapti.

“Jenoa”ga gollar yetishmayapti va buning ortidan A Seriyada jon saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan kerakli ochkolar ham kelmayapti. Bu holatda Shomurodovga katta ehtiyoj sezilmoqda!

Chunki Eldor o‘zi gol ura oladigan va eng muhimi, jamoaning bosimini kuchaytiradigan foydali futbolchi hisoblanadi. Har holda “Jenoa”da shunday edi. Bu yerda Eldor o‘zining haqiqiy o‘rnini topgan edi, shaharga ham moslashgandi.

Unga muxlislar ajoyib munosabatda edi. Aslida “Jenoa” tiffozilariga qisqa muddatda yoqib qolish juda qiyin. Kamtarin va tarbiyali, mehnatkash va professional bo‘lgan Shomurodov bu klubga ideal darajada mos edi.

Shomurodovning “Roma”dagi ishlari nega yurishmayapti?
Buni oxirigacha tushunib yetish uchun vaziyatni ichidan bilish va uning o‘zi bilan bevosita muloqot qilish kerak. Men “Jenoa” ichidagi va atrofidagi hodisalarni yaxshi bilan, lekin "Rom“" va Rim mening vakolatimdagi hudud emas.

Tashqaridan qaraganda, Shomurodov “Roma”da o‘zini noqulay sezayotgandek ko‘rinyapti. Bu ham o‘yin nuqtai nazaridan ham insoniylik jihatidan. Bu mening sub’ektiv fikrim xolos va uni biror kimga bog‘lay olmayman.

Eldor “Jenoa”da o‘ynaganida uning ko‘zi chaqnar edi!. Hozir u menga biroz xomushdek ko‘rinmoqda. “Jenoa”da Eldorga katta ishonch bildirishardi, uning o‘zi ham jamoa uchun muhim ekanini his qilardi. Ijtimoiy tarmoqlaridan ham u Genuyada o‘zini yaxshi his qilayotganini bilish mumkin edi.

Hozir Mourino uni ayrim vaziyatlardagina o‘yinga tushiryapti va bu xafa qilmay qolmaydi.

Men Eldorga maydonda tezroq o‘ziga ishonchni qaytarishini tilayman. Chunki u o‘zining mehnatkashligi va professionalligi bilan ko‘proq o‘ynashga loyiq. Balki, hozirgi “Roma” uning jamoasi emasdir, u o‘zini boshqa jamoada ko‘rar. Nega shunday bo‘lmasligi kerak. Shomurodov doim o‘ynashi kerak va men uning faoliyatini maroq bilan kuzatib boraman.

Eldor Shomurodov Italiyadagi debyut mavsumida “Jenoa” safida A Seriyada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan edi. O‘tgan yili yozda “Roma”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Joze Mourino qo‘l ostida asosan zaxiradan maydonga tushmoqda. Eldor Rim klubi safida barcha turnirlarda to‘rtta gol urdi xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu jamoa Shomurodov yordamiga muhtoj! Eldorni boshqa klubda kutishyapti