22:27 / 23.03.2022
1 394

Erik ten Xag «Manchester Yunayted»da suhbatdan o‘tdi

Erik ten Xag «Manchester Yunayted»da suhbatdan o‘tdi
Foto: “Sport-Ekspress”
Amsterdamning “Ayaks” jamoasini boshqarayotgan 52 yoshli mutaxassis Erik ten Xag «Manchester Yunayted»da suhbatdan o‘tdi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni «The Daily Mail» nashri yozdi.

Shu paytgacha “MYU” bosh murabbiyligi uchun asosiy ikki nomzod sifatida Tomas Tuxel (“Chelsi” bosh murabbiyi) va Erik ten Xag ko‘rilayotgandi.

Angliya Premyer-ligasining 2021/2022 mavsumida 29 o‘yindan so‘ng 50 ochko to‘plagan «Manchester Yunayted» turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Amaldagi bosh murabbiy Ralf Rangnikning «Man Yunayted» bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Shundan so‘ng u klubda maslahatchi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erik ten Xag «Manchester Yunayted»da suhbatdan o‘tdi