
Bugun "Navbahor" stadionida "Navruz Cup" xalqaro turniri oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes ham qatnashib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
- Ertaga klubida zaxirada o‘tirgan Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadimi yoki asosiy tarkib futbolchilari bo‘lgan boshqa legioner hujumchilarimizmi?
- Albatta, Eldor Shomurodovga ishonch bildiramiz. Shuningdek, Sherzod Temirovga ham vaqt berishni niyat qilganmiz. Eldor jamoa sardori. Bizda Shomurodov, Masharipov, Shukurov kabi yetakchi futbolchilar bor. Ularning har uchalasi sardor, ammo bog‘ich bitta. Men uni Eldorga berishni istadim, chunki u MTJ safida qolganlardan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.
Navbahor StadionNavruz CupSrechko KatanesEldor ShomurodovSherzod TemirovFutbolchilar Yekun O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar