
“Navro‘z Kubogi” turnirida Tojikiston terma jamoasi yarim finalda Ugandaga qarshi uchrashuvda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganini bilasiz.
“Navbahor” sharafini himoya qilib kelayotgan Exsoni Panshanbe ham Tojikiston termasi tarkibida Namangandagi kichik musobaqada qatnashyapti. U mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga Ugandaga qarshi o‘yin borasida shunday dedi:
- “Navro‘z Kubogi” yarim finalida Ugandaga qarshi uchrashuvda Namanganga kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. “Navbahor” ishqibozlariga ham bizni qo‘llab turishgani uchun rahmat.
O‘yin to‘g‘risida gapirsam, to‘pni nazorat qilishda ham, vaziyatlar yaratish borasida ham raqibdan ustunlik qildik. Penaltilar seriyasi lotereya hisoblanadi. Penaltidan foydalana olmagan yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlayman. Biz barchamiz bir jamoamiz. Shunday ekan, birga g‘alaba qozonamiz va birga mag‘lub bo‘lamiz, - dedi Exsoni Panshanbe.
Navro'z KubogiTojikiston TermaExsoni PanshanbeUganda QarshiNamangan MusobaqaMuxlislar Minnatdorchilik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar