21:39 / 27.03.2022
985

Peskov: Rossiyada oligarxlar yo‘q, AQSH halol tadbirkorlarni taladi

Peskov: Rossiyada oligarxlar yo‘q, AQSH halol tadbirkorlarni taladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RBK nashriga bergan intervyusida Rossiyada oligarxlar yo‘qligi, AQSH esa sanksiyalari orqali «mutlaqo halol qonuniy tadbirkorlarni talagani» haqida gapirdi.

«Prezident Bayden go‘yoki bugungi voqealarning me’morlari bo‘lgan rossiyalik oligarxlarning hamma narsasini tortib olishga muvaffaq bo‘lganidan faxrlanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, AQSH prezidenti bular oligarx emasligini tushunmaydi. Oligarx — bu hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan biznesmen, misol uchun, yaqin o‘tgan yillarda hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan yagona oligarx, bu AQSH [sobiq] prezidenti [Donald] Tramp. Darvoqe, bizning mamlakatimizda hokimiyatga intilgan so‘nggi oligarx ehtimol, [Mixail] Xodorkovskiy bo‘lgan», dedi Peskov.

Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik biznesmenlarning G‘arb davlatlarida qonuniy yo‘l bilan egalik qilgan mulklari sanksiyalar ostida qolgan. «Yaxtalar, samolyotlar va uylar uchun soliq va pullar to‘langan», deya qo‘shimcha qildi Peskov.

«Za yaxti, samoleti i doma bili uplacheni nalogi i zaplacheni dengi, na kotorie kak raz i razvivalas ekonomika SSHA i Zapadnoy Yevropi», — dobavil Peskov.

U shuningdek, «Rossiyada kim hokimiyat tepasida bo‘lishini Bayden emas, balki ruslar hal qilishi»ni aytib o‘tgan.

Jo Bayden 26 mart kuni Varshavadagi nutqida AQSH rossiyalik 140 nafar oligarx va ularning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar joriy etgani, «ularning noqonuniy yo‘llar bilan orttirgan mulklari, yaxtalari, hashamatli kvartira va saroylari qidirib topilayotgani»ni aytgandi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaning 400 dan ortiq hukumat amaldorlari, jumladan, Ukraina bilan urushning asosiy me’morlari» ham sanksiyalarga duchor bo‘lgan.

Varshavada chiqish qilgan Baydenning aytishicha, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga shu qadar katta zarar yetkazganki, u tez orada dunyoning 20 ta yirik iqtisodiy davlati qatoriga ham kirolmaydi, Rossiya rubli esa chiqindiga aylanmoqda.

Bayden Rossiya xalqiga ham murojaat qilib, ruslar AQSHga dushman emasligini qayd etgan va Putin haqida gapirib, «bu odam hokimiyatda qolishi mumkin emas»ligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peskov: Rossiyada oligarxlar yo‘q, AQSH halol tadbirkorlarni taladi