1 568
Terma jamoamizdagi og‘riqli nuqta haqida: «Krimes, A’zamov, Aliqulov va Ashurmatov hozirgi kunda milliy jamoaga loyiq»
Bilasiz, oxirgi yillarda O‘zbekiston milliy jamoasi markaziy himoyasida juda katta muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, Mirjalol Qosimov yoki Samvel Babayan davrida milliy jamoamiz mudofaa chizig‘iga ortiqcha savollar bo‘lmagan. To‘g‘ri, yakunda terma jamoamiz Qosimov yoki Babayan boshqaruvidagi davrda ham ko‘zlangan asosiy maqsadga erishmagan bo‘lsada, bunga asosiy sabab sifatida himoyadagi muammolarni emas, balki hujumdagi samaradorlik yetarli daraja bo‘lmagani bilan izohlash mumkin. Chunki o‘shanda birgina gol ikkita mundial chiptasidan mosuvo qilgandi.
Ammo oxirgi yillarda terma jamoamizning eng og‘riqli nuqtasi hujumda emas, balki ko‘plab gollar o‘tkazib yuborish bilan bog‘liqligi sabab mudofaa chizig‘idagi kamchiliklar bilan izohlanmoqda.
Ektor Kuper, Vadim Abramov va Srechko Katanes ham eng asosiy muammoni avvalo himoyadan izlamoqda. O‘yinlardagi natijalar va o‘tkazib yuborilayotgan ko‘plab gollarda aynan mudofaa chizig‘ida yo‘l qo‘yilgan pozitsion xatolar pand berayotgani mutaxassislar tahlilida ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Gap mudofaa chizig‘idagi muayyan bir xatolarda ham emas, balki oxirgi yillarda terma jamoamizda kim markaziy himoyachi bo‘lishga loyiqligini izlashda ham bosh murabbiylar katta xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Ochig‘i, Abramov ham va hozirda terma ruliga o‘tirgan Katanes ham markaziy himoyani shakllantirishda aniq bir to‘xtamga kelmaganini yaqin kelajakda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarimizda tandemlar, asosiy tarkibdagi nomlar doimiy o‘zgarib turganidan ham sezish qiyin emas.
Milliy terma jamoa tarkibi oxirgi paytlarda keskin yoshartirilayotgani, milliy jamoaga futbolchi jalb etishda uning imkoniyati, o‘yini, holati va darajasidan ham ko‘ra yoshiga ko‘proq urg‘u qaratilayotgani balki markaziy himoyamizni shakllantira olmayotganimizning asosiy muammosidir, balki...
Aynan milliy jamoamizning markaziy himoyadagi muammolar bo‘yicha yaqin o‘tmishdagi terma jamoamizning haqiqiy yetakchisi, himoya qo‘rg‘onimiz bo‘lgan tajribali Anzur Ismoilovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.
Birinchi asosiy savol, ya’ni mavjud holatdan kelib chiqib balki Osiyo Kubogi oldidan muammo bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini qaytadan tiklash taklifiga qanday javob bergan bo‘lardi?
«Ochig‘i, bu haqiqatdan yiroq narsa, menimcha. Chunki baribir qachondir yoshlar chiqishi, ular ham o‘z o‘rnini topishi kerak. Ular ham qozonda qaynab, kerak bo‘lsa terma jamoa darajasida pishishi kerak», deya Anzur Ismoilov terma jamoadagi faoliyatini qayta tiklashni o‘ylamayotganini ta’kidladi.
Ikkinchi savol, ya’ni hammani qiziqtirayotgan va o‘ylantirayotgan narsa: Ayni paytda terma jamoaga munosib va loyiq bo‘lgan eng kuchli 4 nafar markaziy himoyachilar kimlar? Anzur Ismoilov talqinida ushbu savolga javob izladik:
«Hozirgi kunda Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Husniddin Aliqulov va Rustam Ashurmatov singari himoyachilar milliy jamoa sharafini himoya qilish darajasida. Aynan 4 nafar markaziy himoyachilarni ko‘rsatish kerak bo‘lsa, men avvalo ushbu futbolchilarga e’tibor qaratgan bo‘lardim. Shuningdek, ko‘plab yosh iste’dodlar ham chiqib kelishmoqda. Hozirgi kunda Abdulla Abdullayev yoki boshqa yosh himoyachilarga imkoniyat berilsa kelajakda ular ishonchni oqlashlari mumkin», dedi Anzur Ismoilov.
Xulosani esa bosh murabbiy janob Srechko Katanetsga qoldirgan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz