18:27 / 29.03.2022
994

Navruz Cup—2022. Tojikiston terma jamoasi Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

Navruz Cup—2022. Tojikiston terma jamoasi Qirg‘izistonni mag‘lub etdi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha Navruz Cup—2022 musobaqasining 3-o‘rini uchun kechgan bahsda Tojikiston terma jamoasi 29 mart, seshanba kuni Qirg‘iziston bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 54-daqiqasida Parviz Umarboyev penaltidan gol urdi va Tojikiston terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa Tojikiston Navruz Cup—2022 musobaqasi 3-o‘rin sohibiga aylandi.

Segrt Petar shogirdlari yarim finalda Uganda bilan o‘ynagandi va penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan. Qirg‘iziston esa yarim final bahsida O‘zbekistonga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Navruz Cup—2022 musobaqasining final bahsi 29 mart soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Finalda O‘zbekiston terma jamoasi Uganda bilan bahs olib boradi.

Navruz Cup—2022
3-o‘rin uchun bahs
29 mart, seshanba

Tojikiston — Qirg‘iziston 1:0
Gol:
1:0 — Parviz Umarboyev (penalti).
Tojikiston: Rustam Yatimov, Zoir Jo‘raboyev, Davronjon Ergashev (Firdavs Chakalov, 46), Vahdat Hanonov, Parviz Umarboyev (Islom Zoirov, 63), Alisher Jalilov, Muhammadjon Rahimov (Shervoni Mabatshoyev, 46), Ehsoni Panshanbe, Ahtam Nazarov, Manuchehr Jalilov (Iskandar Jalilov, 88), Manuchehr Safarov.
Qirg‘iziston: Erjan Tokotayev, Tamirlan Kozubayev, Ayzar Ahmatov, Guljigit Aliqulov, Mirlan Murzayev (Ernist Batirkanov, 81), Bekjan Saginbayev (Murolimjon Ahmedov, 78), Odiljon Abdurahmonov, Aleksandr Mishenko, Kayrat Jirgalbek o‘g‘li, Farhod Musabekov, Alimardon Shukurov (Eldor Moldojunusov, 86).

Chetlatishlar: Manuchehr Safarov (23), Guljigit Aliqulov (23), Odiljon Abdurahmonov (52), Vahdat Hanonov (85).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Navruz Cup—2022. Tojikiston terma jamoasi Qirg‘izistonni mag‘lub etdi