825
Mutaxassis fikri: "Katanes hali yangilik olib kirgani yo‘q. Bugungi "Paxtakor"dan "Navbahor" ochko olishi mumkin"
Ushbu hafta futbol jamoatchiligi uchun mavzu va muhokamalarga boy hafta bo‘lmoqda. Bir tomondan Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoamiz, ikkinchi tomondan Superliga bahslari. Mana shu mavzular yuzasidan mutaxassis sifatida taniqli murabbiy Yorqin Nazarovning fikrlariga quloq tutdik.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasiga hech kim befarq bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. O‘z o‘rnida terma jamoamizning o‘rtoqlik turniridagi ishtiroki ikki hil taassurot qoldirdi. Birinchisi ikki uchrashuvda ham ijobiy natija qayd etildi. Stadionga kelgan ishqibozlar xursand bo‘lib ketishdi. Lekin yutganimiz bilan xursand bo‘lib yurishimiz kerak emas. Daraja jihatdan oladigan bo‘lsak, Qirg‘iziston doim yutib kelgan raqibimiz hisoblanadi. Uganda ham reytingda bizda pastda. Bularni yutib to‘xtab qolish xatodir. Chunki himoya chizig‘imizda muammolar bor.
- Menimcha, Katanes hali himoyachilarni to‘liq aniqlab olmagan. Hozircha faqat sinamoqda. Keyingi o‘yinlarga balki boshqa nomlarni ham taklif qilishi mumkin. Xullas ko‘p ishlash lozim. Ugandaga qarshi bahsda Shomurodov va Masharipov yaxshi harakat qildi. Ularga haddan tashqari ishonib qolish noto‘g‘ri, deb bilaman. Boisi futbolda har hil vaziyat bor. Kamchiliklar yetarlicha.
- Ochig‘ini aytsam yangilik ko‘rmadim. Qandaydir taktika yoki uslub ko‘zga tashlanmadi. Pozitsion hujum qilish avvaldan bor edi. Katanes biror bir yangilik qildi, deyish qiyin. Hammasiga vaqt kerak.
- Ochig‘ini aytganda ko‘pchilik muxlislar yaqin yillarda biror katta musobaqani yutishga, Jahon chempionatiga chiqishga ishonmayapti. Bosh murabbiy o‘zining taktikasiga mos futbolchilarni jalb qilishi zarur. Har bir yig‘inda turli uslubdagi futbolchilarni sinab ko‘ryapti. Katanes futbolchilarni kuzatmoqda. O‘yinlarga tushyapti. Bundan buyon eksperimentlardan emas, o‘zining uslubiga monand o‘yinchilardan foydalanishi darkor.
- Toshkentda juda qiziqarli o‘yin bo‘lishi shubhasiz. "Navbahor" bugun 27 yillik tarixni yangilashi uchun bu yil juda yaxshi imkoniyatga ega. Qishki transferlar oynasida sifatli va saviyali futbolchilarni qo‘shib oldi. Bugungi "Paxtakor"ga qarshi Toshkentdan ochko olib ketsa bo‘ladi. Turning asosiy o‘yini hisoblanadi. Namangan jamoasi kamida durang qayd etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi