Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.
"Birinchi navbatda "Neftchi" bugun bizga syurpriz qildi. Raqibni o‘rganganimizda boshqacha taktikaga tayyorlangandik, ammo ular bugun boshqacha uslubda o‘ynashdi. O‘ylashimcha yigitlarim vazifani to‘liq bajarishdi", - dedi Lazarevich.
- PFL talqiniga ko‘ra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildingiz...
- Ushbu sovrin uchun PFLga rahmat aytaman. Lekin bu sovrin faqat meniki emas, bu butun jamoaning yutug‘i.
- "Qizilqum"dagi yoshlar Turopov va Kenjayevni asosiy tarkibda ham ko‘ramizmi?
- Albatta, ular hozircha yosh futbolchilar. Mashg‘ulotlar vaqtida juda yaxshi ishlashmoqda. Tez orada ularga imkoniyat beramiz. Ular maydonga tushishga tayyorlar.
- "Qizilqum" hamon birinchi o‘rinda bormoqda, jamoa mavsumni qaysi o‘rinda tugatadi deb o‘ylaysiz?
- Biz eyforiyada emasmiz. Biz o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz. Bu mavsumda istalgan jamoa istalgan jamoani yuta oladi.
- Yirik g‘alaba bo‘lishini kutganmidingiz?
- Bugun yirik natijani kutmagandim. Qiyin bahs bo‘lishini kutgandim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi