"Paxtakor" - "Navbahor" (1:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Eng avvalo futbolchilarimni tabriklayman. O‘yin qiyin o‘tdi. Har tomonlama charchadim. Hayajonli bahs bo‘ldi. Bugungi uchrashuvni nazorat qilib bordik. To‘p nazorati biz tomonda bo‘ldi. Yakunda kiritilgan gol orqali g‘alaba qozondik.
Ixtiyorimizda 12-13 nafar futbolchi bor edi. Ular terma jamoa safida edi. "Navbahor"ga qarshi o‘yinga to‘liq tarkib bilan tayyorlana olmadik. Bu bizga pand berishi mumkin edi. Qishki yig‘inlarda olib borgan taktik mashg‘ulotlarimiz ish berdi. Biz g‘alabani istagandik va yakunda buni uddalay oldik. Bundan xursandman.
O‘yin oxirida yuz bergan holatlar dilimni hira qildi. Bunday janjallar, mushtlashuvlar professional futbolchilarga xos bo‘lmagan jihat hisoblanadi. G‘alaba qozondingmi, mag‘lub bo‘ldingmi - buni qabul qila olishing kerak.
Bilaman, biz ham hali Namanganga boramiz va u yerda boshni tik tutgan holda borishimiz kerak. Umid qilamanki, bunday vaziyatlarga federatsiya ham munosabatini bildiradi. O‘yin ajoyib bo‘ldi, atmosfera ham yuqori edi. Faqatgina, o‘yin tugagach bunday holatlar qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi", dedi Slavche Voyneski.
- Zaxiradan futbolchilarni faqatgina 70-daqiqadan keyin tushirdingiz. Vaholanki, zaxirada boshqa kuchli futbolchilaringiz ham bor edi. Siz bu salbiy natijaga olib kelishi mumkinligidan qo‘rqmadingizmi?
- Bu bizning strategiyamiz. Biz g‘alaba qozondik. Demak, bu to‘g‘ri qaror edi. Masalan o‘yin yakunida barcha 5 ta o‘zgarishni amalga oshirishim ham mumkin edi.
- "Paxtakor" "Nasaf" bilan ham, "Navbahor" bilan ham o‘ynab ulgurdi. Qaysi o‘yin siz uchun qiyinroq bo‘ldi?
- Umuman jamoalarni taqqoslashni to‘g‘ri deb hisoblamayman. "Nasaf"ga qarshi faqatgina bitta o‘yindan iborat bahsda o‘ynadik. Jamoa balki chempionat o‘yinida boshqacharoq o‘ynagan bo‘lardi. Shuning uchun bu savolga to‘liq javob bera olmayman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi