23:44 / 01.04.2022
1 081

Anxel Lopes: "Hakamlarning ko‘plab qarorlaridan noroziman"

Anxel Lopes: "Hakamlarning ko‘plab qarorlaridan noroziman"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Surxon" – AGMK (1:2) uchrashuvidan so‘ng termizliklar ustozi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Superliganing eng kuchli klublaridan biriga qarshi o‘ynadik. AGMK standart holatlar bo‘yicha juda kuchli jamoa. Qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Ko‘plab hujumlar uyushtirishga va pressing qo‘llashga urindik. Ammo hamma rejamiz ham ish bermadi.

- O‘yin vaqtida hakamga nisbatan juda ko‘p e’tiroz bildirdingiz. O‘yin davomida 50% futbolchilarga ko‘rsatma bergan bo‘lsangiz, 50% e’tiroz bildirdingiz, desak ham bo‘ladi...
- Futbol shunisi bilan qiziq va uni shuning uchun ham yoqtiramiz. Bu mening uslubim. Men har doim shunday ishlayman.

- Zoir Jo‘raboyev nega almashtirildi?
- U dastlabki 25 daqiqada juda yomon harakatlandi. Uning o‘yinidan qoniqmadim. Bu Zoirning 10-15 kun davomida Tojikiston terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sabablar tufayli uni almashtirishga qaror qildim.

- Jamoangiz hali g‘alaba nimaligini bilganicha yo‘q. Bu sizga bosim yuklab, ruhiy holatingizga ta’sir qilmaydimi?
- AGMK ham hozirgacha g‘alaba qozonmayotgandi. Jamoalar bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi va ko‘plab vaziyatlarni yaratishdi. AGMK ulardan unumli foydalanib, haqli g‘alabaga erishdi. Biz oldinga intilishda davom etamiz.

- Ortda qolgan 4 turdan kelib chiqsak, "Surxon"ning eng qiyin raqibi AGMK bo‘ldi, deb hisoblaysizmi?

- Yo‘q, eng mushkul raqib "Navbahor" bo‘ldi. Ammo bugun ham qiyin bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tishim lozim. Shuningdek, hakamlarning ko‘plab qarorlaridan noroziman. Afsuski, ko‘plab jarima to‘plari va "aut"larda AGMK foydasiga qaror chiqarishdi.

Bularning barchasidan tushkunlikka tushmaymiz va qo‘l siltamaymiz. Oldimizda hali ko‘p o‘yinlar bor. Bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga alohida tashakkur deyman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anxel Lopes: "Hakamlarning ko‘plab qarorlaridan noroziman"