Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar katta murabbiyi Andrey Miklyayev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- Uchrashuv natijasi biz uchun kutilmagan bo‘ldi. Umuman olganda, biz yangi jamoa quryapmiz, desak ham bo‘ladi. Yigitlar yomon o‘yin ko‘rsatishmadi, shunchaki bugun bizning kunimiz emasdi, omad kelmadi. Kamida durang bo‘lishi lozim edi.
- O‘yindan qoniqish hosil qildingiz, ammo natijadan mamnun emassiz. Shundaymi?
- Ha, natijadan mamnun emasman, biroq o‘yin taraflama fikrimni aytsam, yigitlar borlarini berishdi.
- G‘ulomhaydar G‘ulomovning almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- Unda jarohat mavjud edi. O‘yingacha qariyb 2 kun shug‘ullanmadi. Hatto uning uchrashuvdagi ishtiroki so‘roq ostida edi.
- Jerom Etamening bugungi o‘yini xususida qanday fikrdasiz?
- Tarkibimizda hozircha undan kuchliroq hujumchi yo‘q. Undan tashqari boshqa yosh hujumchilarimiz bor. Etame 2 ta yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi, ammo undan foydalana olmadi. Ayniqsa, o‘yin so‘ngida yuzaga kelgan vaziyatdan gol urganida, durangga erishardik.
- "Lokomotiv" futbolchilarida o‘zaroq bog‘liqlik ko‘rinmadi...
- "Nasaf" texnik tarafdan kuchliroq. Biz bu borada ularga yutqazdik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi