
Xabar berib o‘tganimizdek, super yengil vazn toifasida (63,5 kg) faoliyatini davom ettirayotgan professional bokschimiz Shahram G‘iyosov 7 may kuni Saul Alvares va Dmitriy Bivol jang kechasida ringga ko‘tariladi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha G‘iyosov ushbu bahsni bitta yuqori vaznda (66,6 kg) mintaqaviy chempionlik kamari uchun o‘tkazadi.
"Vazn tushirish tobora qiyinlashib bormoqda. Qolaversa, super yengil vazn toifasida Josh Teylorga tegishli kamarlar uchun 4 ta majburiy da’vogar va Botir Ahmedov ham bor. G‘iyosov Ahmedov bilan do‘st hisoblanadi va ular jang qilmaydi. Bu vaznda chempionlik tahminan 2 yil vaqt oladi. Vazn tushirish u uchun qiyinlashib borayotganini inobatga olgan holda, qo‘shimcha 7 funt unga kuchliroq va tezroq bo‘lishiga yordam beradi. Shu jangda u o‘zini qanday his qilishiga qarab yana qaror qabul qilinadi",- deydi menejer Alik Frolov.
Shuningdek, mazkur jangga u Dmitriy Bivol bilan birga murabbiy Gennadiy Mashyanov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Unga kim raqiblik qilishi hozircha oshkor qilinmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar