2019 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilib kelayotgan Jordan Veretuning klub rahbariyati va bosh murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari buzildi. Xaridori tobora ko‘payib borayotgan fransiyalik legioner rimliklar bilan yangi shartnoma tuzishni istamadi.
Chunki, jamoaga Serjiu Oliveyra olib kelinganidan keyin Jordan zaxirada o‘tirib qolmoqda va shu bois “bo‘rilar” tarkibini tark etmoqchi. Qolaversa, yaqinda Veretu koronavirus yuqtirgan rafiqasining tug‘ilgan kunini keng davrada nishonlab, karantin qoidalarini buzgani klub mutasaddilariga yoqmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino mavsum oxiriga qadar fransiyalik futbolchini maydonga tushirmoqchi emas.
- Veretu biz bilan mashg‘ulot qilmayapti, oldindagi o‘yinchilarda ham o‘ynamaydi. Gapirishim ta’qiqlangan boshqa masalalarni oshkor qila olmayman, - dedi Joze Mourino.
Yaqinda Fransiya chempionati grandlaridan “Marsel” klubi rimliklardan Veretu transferi bo‘yicha ma’lumotlarni so‘ragan edi. Qishda esa, Jordanga “Nyukasl”dan taklif bo‘ldi.
Ayni paytda futbolchining agentlari uning xizmatini “Yuventus” va “Inter”ga taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
29 yoshli Jordan Veretu faoliyati davomida A Seriyadan tashqari Fransiya va Angliya kabi kuchli beshlik chempionatlarida to‘p tepgan. Joriy mavsumda tajribali o‘yinchi 39 ta uchrashuvda qantashib, to‘rtta gol urdi va 9 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki mavsus davom etadi.
“Roma” bizni sharmanda qildi!
“Latsio” bosh murabbiyi Muaritsio Sarri A Seriyaning o‘tgan turida poytaxt derbisida “Roma”ga 0:3 hisobida yutqazganidan uyalayotganini bildirdi.
- Men klubning barcha xodimlari va muxlislar oldida mag‘lubiyat uchun uyalib qoldim. Biz shunchaki yutqazib qo‘yganimiz yo‘q, aksincha o‘sha bahsda umuman o‘ynay olmadik, - dedi tajribali murabbiy.
Manbaning ma’lum qilishicha, Sarri poytaxt klublari o‘rtasidagi raqobatda qayd etilgan natijadan emas, balki shogirdlari ko‘rsatgan sifatsiz o‘yindan xafa bo‘lgan.
Mourino “Bavariya” o‘yinchisi kerak
“Roma” skautlari Joze Mourinoga ma’qul keladigan ijrochilarni qidirish bilan band. Ana shunday o‘yinchilardan biri “Bavariya”da asosiy tarkibga kira olmayotgan Mark Roka bo‘lishi mumkin.
La Repubblica nashrining yozigicha, Mourino 25 yoshli ispan futbolchisini Rimga kelishiga qarshi emas.
“Espanol” klubi tarbiyalanuvchisi ikki yil muqaddam Myunxen klubiga ko‘chib o‘tganidan beri asosiy tarkibga kira olgani yo‘q. Roka joriy mavsumda Bundesliga va Chempionlar ligasi doirasida 11 ta uchrashuvda qatnashib, o‘zini ko‘rsata olmadi.
Joze Mourino maydon markazini kuchaytirish uchun “Bavariya”da omadi chopmayotgan o‘yinchiga imkon berishga tayyor.
Rokaning “Bavariya” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etishiga qaramay, uch yil muqaddam transfer summasi 30 million yevroni tashkil qilgan Rokani kelasi yozda 7 million yevroga xarid qilish mumkin.
Gedesh Mourino oldiga boradi
“Valensiya”ning hujumkor futbolchisi Gonsalu Gedesh uning xizmatlariga hamyurti Joze Mourino qiziqish bildirayotganidan mamnun bo‘ldi.
Ispaniyaning Todofichajes.com sayti xabar berishicha, Gedesh faoliyatini “Roma”da davom ettirishga rozilik bergan. Ana shu maqsadda, 25 yoshli o‘yinchi “Valensiya” bilan shartnomani uzaytirmaydi.
Amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadigan Gedesh joriy mavsumda Ispaniya chempionati va kubogida jami 33 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol va beshta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transferi 40 million yevroga baholanayotgan bo‘lsa-da, shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgani uchun arzon narxda transfer qilish imkoni bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi